Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 2026-yil bahorida o‘tkaziladigan malaka toifa attestatsiyasi doirasida fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha test talablari hamda ularga asoslangan namunaviy topshiriqlarni ochiq muhokamaga taqdim etilgan edi.
Xabar berganimizdek, sinov topshiriqlarini maxsus yaratilgan @uztditestbot orqali bepul bajarish imkoniyati mavjud.
Hozirda bot orqali ona tili va adabiyoti, matematika, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz tili, rus tili, kimyo, rus tili va adabiyoti, huquq, iqtisod, biologiya, geografiya, CHQBT hamda tasviriy san’at fanlaridan namunaviy testlarini yechishingiz mumkin. Qolgan fanlardan ham savol topshiriqlari navbat bilan qo‘shilmoqda.
Bugun, 3-fevral kuni ushbu testlarda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ular quyidagicha:
1. Maqsud Atadjanov — Xorazm viloyati;
2. Murodullayev Temur — Qashqadaryo viloyati;
3. Fayzullayev Javohir — Samarqand viloyati;
4. Diyorjon Ummatqulov — Farg‘ona viloyati;
5. Kamoliddin Polatov — (viloyat ko‘rsatilmagan);
6. Turgunoy (Familiya kiritilmagan) — (viloyat ko‘rsatilmagan);
7. Charos Jurayeva — Qashqadaryo viloyati;
8. Haqberdiyev Ruslan — (viloyat ko‘rsatilmagan);
9. Rasuljon Juraboyev — Namangan viloyati;
10. Sayyora (Familiya kiritilmagan) — (viloyat ko‘rsatilmagan).
Ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qanday kiritilgan bo‘lsa, aynan shu holatda joylashtirilgan. Shu bois ishtirokchilardan ma’lumotlarni to‘liq va xatosiz kiritish talab etiladi.
Hozirda test materiallari bosqichma-bosqich yuklanmoqda va yaqin fursatda Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilinadi.
Testlarni bajarish tartibi esa ushbu videoda batafsil tushuntirilgan.
