Bakalavriat bosqichi uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari gʻoliblari maʼlum boʻldi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, 2025/2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 101 nafar talaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi gʻolibi deb topilgan.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli OTT rahbari tomonidan ragʻbatlantirilishi belgilangan. Xususan:
– Prezident davlat stipendiyasi uchun daʼvogarlarga — sertifikat hamda bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti;
– Nomli davlat stipendiyalari uchun daʼvogarlarga — sertifikat va bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Quyida stipendiantlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:
– Prezident davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
-Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Ibn Sino nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
–Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
– Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati.
“Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Prezident stipendiyasi gʻoliblari vazirlik hayʼatida tasdiqlangandan soʻng eʼlon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, nomli davlat stipendiyalari natijalari qachon eʼlon qilinishi boʻyicha vazirlik izohi yuzasidan xabar bergan edik.
