Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi (manzillar)

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi (manzillar)

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-fevralidan boshlab eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Arizalar 1-fevraldan 1-aprelgacha (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

 

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

 

Eksternat tartibda attestatsiyada ishtirok etish uchun:

 

  • 9-sinf bo‘yicha — tegishli yilda 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar;

  • 11-sinf bo‘yicha — 19 yoshga to‘lgan va undan katta, majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar ariza berishlari mumkin.

 

Ariza topshirish uchun:

 

  • maktabga yoki vazirlikning hududiy bo‘linmalariga borish talab etilmaydi;

  • davlat xizmati bepul amalga oshiriladi;

  • fuqarolar hozirda doimiy yoki vaqtinchalik yashab turgan hududdagi eksternat maktabni tanlab, onlayn ariza yuborishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi maktabni tugatmagan yoki ma’lum sabablarga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan fuqarolarga ta’lim bosqichini yakunlash imkonini beradi.

 

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinish sanasi e'lon qilindi