Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muhammadayyub Imomov ingliz tili va matematika fanlarini izchil o‘zlashtirib, xalqaro IELTS va SAT sertifikatlarini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
IELTS 8.0 ball, SAT 1210 ball
O‘quvchi IELTS va SAT imtihonining turli qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:
IELTS 8.0 (C1)
Listening – 9.0
Reading – 8.0
Writing – 7.0
Speaking – 7.0
SAT 1210 ball
Reading and Writing – 570 ball;
Math – 640 ball
Qo‘lga kiritilgan ushbu natijalar Muhammadayyubga maktab partasidayoq AQSHning nufuzli oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talabalikka qabul qilinish imkoniyatini taqdim etdi.
Avvalroq, Buxoro shahridagi 23-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sultonali Achilov IELTS imtihonida 7.0 ball, akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonidan 1430 ball hamda matematika fanidan milliy sertifikat imtihonidan 51.49 (C+) natijani qo‘lga kiritgan edi.
