Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar qolgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
— bakalavriatga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan sanadan bir haftadan so‘ng Agentlik tomonidan ushbu toifadagi abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining vakant o‘rinlariga bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
— Agentlik tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha tanlov qaydnomalari oliy ta’lim tashkilotlariga etkaziladi;
— Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
