“Jasorat maktablari” ning 2026-2027-oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

“Jasorat maktablari” ning 2026-2027-oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Jasorat maktablari”ning 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 208 ta “Jasorat maktabi”ga jami 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

 

Ma’lum qilinishicha, har bir “Jasorat maktabi”ga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilish belgilangan. Qabul jarayoni maktablar kesimida belgilangan kvotalar asosida amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun, “Jasorat maktablari”ga hujjatlar qabuli joriy yilning may–iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Avvalroq, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berilishi haqida xabar bergan edik. 

 

2026/2027 o‘quv yili uchun qabul kvotasi – Faylni yuklash