Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” – fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Roʻyxatdan 4 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilk marotaba fan reytingidan joy oldi.
Reytingga kirgan OTMlar va natijalar:
– TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 301-400, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 401-500;
– O‘zbekiston milliy universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika fanlari boʻyicha – 801-1000;
– Toshkent davlat texnika universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 501-600, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 801-1000;
– Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ta’lim – 601-800, muhandislik – 801-1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari boʻyicha – 1001+.
Ma’lumot uchun, “Times Higher Education” fanlar bo‘yicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yo‘nalish, 148 ta fan kesimida baholaydi.
