Taʼlim sohasida oylik maoshlarga oid soʻnggi yangiliklar

Taʼlim sohasida oylik maoshlarga oid soʻnggi yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-son qarori bilan taʼlim sohasida oylik maoshlariga oid koʻplab oʻzgarishlar boʻldi. Jumladan:

 

— Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi hamshilarlarga ish staji uchun qoʻshimchalar qoʻshiladigan boʻldi.

 

— Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi hamshilarlar va tarbiyachilarning oʻrniga ishlagan xodimlarga 100 fioz miqdorida oylik maoshi toʻlanadigan boʻldi.

 

— Umumtaʼlim maktablarida “Maxsus pedagog” va “Yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)” shtat birliklarini ajratish tartibi aniq belgilandi.

 

— Maxsus pedagoglarning lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz miqdorida ustama haq toʻlanadigan boʻldi.

 

— Kutubxona xodimlariga kutubxona fondi bilan shugʻullanganliklari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3.6 fioz miqdorida emas 8 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadigan boʻldi.

 

— Uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarni, shu jumladan, bir xil yoshdagi va bitta manzildagi ikki va undan ortiq oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi.

 

— “Yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)” oʻqituvchisining lavozim maoshi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,470 koyeffitsiyentga koʻpaytirish orqali hisoblanadigan boʻldi.

 

Avvalroq, 70 foizlik ustama oladigan maktab o‘qituvchilari ro‘yxati haqida xabar bergan edik.