Xabaringiz bor, joriy yil 10-yanvardan bahorgi semestr uchun oʻqishni koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalar qabuli boshlangan edi. Arizalar qabuli ertaga 20-yanvar kuni yakunlanadi.
Arizalar quyidagi shakllarda:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, bahorgi semestr oldidan bir oliy taʼlim tashkilotidan boshqasiga “koʻchirib tiklash” boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi.
Arizalar 2026-yil 21-yanvardan 10-fevralgacha koʻrib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga maʼlum qilinadi.
