Xabaringiz bor, joriy yil 10-yanvardan bahorgi semestr uchun oʻqishni koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalar qabuli boshlangan edi. Arizalar qabuli ertaga 20-yanvar kuni yakunlanadi.
Arizalar quyidagi shakllarda:
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinishi mumkin.
Bahorgi semestr oldidan bir oliy taʼlim tashkilotidan boshqasiga “koʻchirib tiklash” boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi.
Ruxsat kimlarga beriladi?
– talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish istagidagilarga;
– davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Talab etiladigan hujjatlar:
– reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
– o‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Arizalar 2026-yil 21-yanvardan 10-fevralgacha koʻrib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga maʼlum qilinadi.
