Bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.
Arizalar quyidagi shakllarda:
– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn.
Talab etiladigan hujjatlar:
– reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
– o‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Muhim eslatmalar:
– bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
– 1-bosqich (1-kurs) 1-semestriga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno).
– o‘qishni ko‘chirishda fanlar farqi 4 tadan oshmasligi, GPA ko‘rsatkichi esa kamida 2,4 bo‘lishi lozim.
Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda Davlat komissiyasi tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral kuni ham) ko‘rib chiqiladi va natijalar abituriyentlarga ma’lum qilinadi.
Avvalroq, “Qishki perevod”da nima mumkin-u, nimalar mumkin emasligi haqida xabar bergan edik.
