Qoraqalpog‘istonda yana bir o‘quvchi qiz muddatidan avval talaba bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda yana bir o‘quvchi qiz muddatidan avval talaba bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani 1-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bor umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otarbaeva Nilufar 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

 

Natijalar:

 

Kimyo – 73.55 ball (A+)

 

Biologiya – 70.43 ball (A+)

 

O‘zbek tili va adabiyot – 47.39 ball (C)

 

Tarix – 63.65 ball (B+)

 

Matematika – 50.54 ball (C+)

 

Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng’irot tumani 47-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nurillayeva Dilnoza bir necha fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan edi.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.