Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi qaroriga muvofiq malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun o‘qituvchilar taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.
Nizomning 1-bandiga ko’ra, ushbu Nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Shuningdek, Oliy taʼlim tashkilotlarini 2024-yilda tamomlagan yosh mutaxassislar avval ishga joylashib keyin navbatdan tashqari turi boʻyicha murojaat yuborishlari kerak.
Shu jumladan, magistr darajasiga ega boʻlgan pedagoglar ham avval taʼlim tashkilotiga ishga joylashib keyin toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan ikkinchi toifa olish uchun murojaat yuborishlari kerak boʻladi.
Ham ishlab, ham tahsil olayotgan talaba-pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin emas.
Shuningdek, sabablardan yana biri Toifa toʻgʻrisidagi Sertifikatlarda pedagogning ish joyi koʻrsatilishi shartligi belgilab qoʻyilgan.
