Maktab assistent-oʻqituvchisi lavozimiga kimlar da’vogar bo‘lishi mumkin?

Maktab assistent-oʻqituvchisi lavozimiga kimlar da’vogar bo‘lishi mumkin?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.

 

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi) lavozimi uchun qoʻyiladigan malaka tavsiflari:

 

Maʼlumot: Oʻrta-maxsus yoki Oliy maʼlumotli pedagogika sohasida diplomga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi).

 

Mutaxassislik: Alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan ushbu turdagi bolalar bilan ishlash uchun maxsus taʼlim yoki sertifikatga ega boʻlgan, psixologiya, pedagogika yoki maxsus taʼlim sohasida oʻrta-maxsus yoki oliy maʼlumotli.

 

Mehnat staji: Mehnat staji talab etilmaydi.

 

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), sunʼiy intellekt, zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi.

 

Qoʻshimcha talablar: Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi;

 

– koʻrish, tutqanoq holati va tayanch-harakatida (mustaqil yura olmaydigan) nuqsoni bor oʻquvchilar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi;

 

– Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);

 

– maxsus va yosh davrlar pedagogikasi hamda psixologiyasini bilishi lozim;

 

– alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarga taʼlim jarayonida yordam koʻrsatish;

 

– dars davomida oʻquvchining xulqi, faolligi va oʻzlashtirishini qoʻllab- quvvatlash;

 

– oʻquv materiallarini oʻquvchi imkoniyatiga moslashtirib tushuntirish;

 

– xavfsizlik qoidalariga rioya etish va oʻquvchini kuzatib borish; mehribon, sabr-toqatli va masʼuliyatli boʻlish;

 

– yuqori darajadagi empatiya va muloqot madaniyatiga ega boʻlish; stressga chidamli, vaziyatni toʻgʻri baholay olish;

 

– bolalar, ota-onalar va pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda ishlay olish;

 

– inklyuziv taʼlim tamoyillari va bolalar huquqlariga rioya qilish;

 

– xizmat majburiyatlari doirasida maxfiylikni saqlash;

 

– oʻquv qurollari va texnik vositalardan foydalanish;

 

– darsdan tashqari vaqtlarda oʻquvchiga ijtimoiy moslashuvda yordam berish;

 

– zarur hollarda sogʻliq va xavfsizlik boʻyicha birinchi yordam koʻrsatish asoslarini bilishi lozim.