Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetining “Matematika” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abduvahhob Ashirov “RUDNMATH OLYMP-2025” III xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etdi.
Bellashuv Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida bo‘lib o‘tgan. Talabamiz yakka tartibda 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Olimpiadada O‘zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Eron, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi 19 mamlakatdan 900 nafardan ortiq talabalar qatnashgan.
Avvalroq, sirdaryolik texnikum o‘quvchisi elektromontaj bo‘yicha ‘‘Best of Nation’’ — “Millat faxri” mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
