Agentlik tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Asilbek Sattorov dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Gonkong Politexnika Universiteti (The Hong Kong Polytechnic University)ga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: PolyU — Xitoyning Gonkong shahridagi davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, texnik taʼlimda birinchi bo‘lib tashkil etilgan va QS xalqaro reytingida 54-o‘rinni egallagan.
Grant miqdori:
— yiliga 32 000 AQSh dollari;
— 4 yil uchun jami 128 000 AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grant. Shuningdek yillik 6 000 AQSh dollari miqdoridagi stipendiya.
Oʻquvchiga 2026/2027 o‘quv yili uchun Department of Mechanical Engineering, BEng (Hons) in Mechanical Engineering, Full-time, 4 yillik bakalavr dasturi bo‘yicha rasmiy taklif xati taqdim etilgan.
Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 7.5 ball natijani qayd etgan hamda akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonlaridan 1500 ball, AS Level — AAA natijaga ega.
Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rizayev Sadulla Xitoyning nufuzli Gongkong universitetiga yiliga 249.000 HK$ toʻliq grantni qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik.
