Yevropada matematika yoʻnalishi boʻyicha magistratura dasturini grant asosida oʻqish imkoniyati

Yevropada matematika yoʻnalishi boʻyicha magistratura dasturini grant asosida oʻqish imkoniyati

InterMaths Erasmus Mundus Joint Master Degree — magistratura bosqichini matematika yoʻnalishida Yevropaning nufuzli oliygohlarida davom ettirishni istagan talabalar uchun tashkil etilgan. Dasturda ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori bilim va salohiyatga ega bakalavr bosqichini tamomlagan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

 

Dasturga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida Yevropaning turli universitetlarida bilim va tajribaga ega boʻladi.

 

Dastur tuzilishi quyidagicha:

 

 

Ushbu dastur besh xil sohalar boʻyicha ishlab chiqilgan boʻlib, ular innovatsion metodologiyalarga asoslangan va hozirgi jamiyatdagi, xususan, tibbiyot va sanoatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradi.

 

Dasturga qabul qilingan talabalarni barcha xarajatlari moliyalashtiriladi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.

 

Maqbullik shartlari

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

 

  • dasturda istalgan millat vakillari qatnasha oladi;
  • nomzod bakalavr bosqichini matematika, amaliy matematika, fizika, muhandislik yoki boshqa shunga aloqador sohada tugallagan boʻlishi yoxud soʻnggi bosqichda oʻqiyotgan boʻlishi darkor;
  • ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kamida IELTS 6, TOEFL iBT 80 yoki ekvivalent daraja talab etiladi;
  • yuqori akademik koʻrsatkichga va ushbu dasturda ishtirok etish uchun katta qiziqishga ega boʻlishi kerak.

 

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imtiyozlarga ega boʻladi:

 

  • oʻqish kontrakt toʻlovidan qisman ozod etiladi (18,000 yevro);
  • dastur davomida oylik 1,400 yevrogacha bonus stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • tibbiy sugʻurta xarajatlari to’liq qoplanadi;
  • talabalarning dasturda ishtirok etishi bilan bog’liq boshqa har qanday majburiy xarajatlar qoplanadi.

 

Dastur manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Hujjat topshirish

 

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatda oʻtish va shaxsiy profil ochish lozim. Shundan soʻng ushbu havola orqali kerakli hujjatlar taqdim etiladi va onlayn ariza toʻldiriladi.

 

Kerakli hujjatlar:

 

  • shaxsiy fotosurat;
  • CV (namuna);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;
  • universitetda olingan diplom va uning baholari;
  • oʻqimoqchi boʻlgan dasturi haqida qisqacha tafsilot (namuna);
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • motivatsion xat.

 

Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Saralash jarayoni. Ushbu jarayon 100 ballik sistemaga koʻra baholanadi:

 

  • akademik yutuqlar — 60 ball;
  • til sertifikati — 10 ball;
  • ish tajribasi — 10 ball;
  • motivatsion xat — 10 ball;
  • tavsiyanomalar — 10 ball.

 

Natijalar 2026-yil 30-apreldan keyin eʼlon qilinadi.