Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Prezident maktablari ro‘yxatiga yana bir maktab qo‘shildi

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Prezident maktablari ro‘yxatiga yana bir maktab qo‘shildi

Avvalroq, Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Nurafshon, Buxoro va Jizzax shaharlaridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a’zoligiga qabul qilingan edi. Endi esa bu ro‘yxatga Navoiy shahridagi Prezident maktabi ham qo‘shildi.

 

Ma’lumot uchun, Xalqaro maktablar kengashiga a’zo bo‘lish uchun, jumladan quyidagi talablar qo‘yilgan:

 

– ta’lim muassasasi faoliyat yo‘nalishining sifatli tashkil etilganligi;

 

– maktab boshqaruvi, ma’muriyat faoliyatining sifatli yo‘lga qo‘yilganligi;

 

–  o‘quv dasturining muvafaqqiyatli joriy qilinganligi;

 

–  dars jarayonlarining sifatli tashkil etilganligi hamda baholash tizimi;

 

– o‘quvchilar uchun zaruriy sharoitlarning yaratilayotganligi;

 

– ta’lim muassasasining kadrlar bilan to‘liq ta’minlanganligi;

 

– ta’lim muassasasi joylashgan binoning xavfsizlik talablariga javob berishi, texnologik va yordamchi tizimlarning mavjudligi;

 

– o‘quvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar, o‘qitish muhiti.

 

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Prezident maktablari ro‘yxatiga yana bir maktab qo‘shildi