Pedagog platformasida «Toifa sertifikati» faylini yuklash imkoniyati yaratildi

Pedagog platformasida «Toifa sertifikati» faylini yuklash imkoniyati yaratildi

Xabaringiz bor, ayni damda Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish jarayoni davom etmoqda.

 

Mazkur platformada ‘‘Toifa sertifikati’’ faylini yuklash imkoniyati yaratildi.

 

Avvalroq, Pedagog platformasida ‘‘Imtiyozlarim’’ bo’limida ‘‘Ustamalar’’ (70 foizlik) haqida ma’lumot olish hamda  ‘‘Qayta tayyorlov’’ diplomi faylini yuklash imkoniyati yaratilganligi haqida xabar bergan edik.

 

Maʼlumot oʻrnida: Yangilangan Pedagog platformasida Malaka toifasini (toʻgʻridan-toʻgʻri, navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari) olish uchun Murojaat yuborish jarayonida bir qator oʻzgartirishlar kiritilgan.

 

Quyidagi maʼlumotlar murojaat yuborish jarayonida Platformada faqat integratsiya orqali shakllanadi:

 

1. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida mavjudligi;

2. Davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari “ERP Maktab” axborot tizimida mavjudligi;

3. Oliy hamda oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagoglarning diplom maʼlumotlari “Diplom Edu” axborot tizimida mavjudligi;

4. Barcha pedagoglarning ish staji boʻyicha maʼlumotlar YAMMT axborot tizimida mavjudligi.

 

Mazkur maʼlumotlar koʻrsatilgan axborot tizimlarida mavjud boʻlsagina murojaat yuborish mumkin boʻladi.