2025-yilda qancha oʻzbekistonlik talaba Amerikaga oʻqishga borgan?

2025-yilda qancha oʻzbekistonlik talaba Amerikaga oʻqishga borgan?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 333 nafar O‘zbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlariga safar qilgan.

 

Statistikaga ko‘ra, umumiy 15 259 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga oshgan.

 

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

 

— sayohat – 10 841 nafar;

 

— qarindoshlarni yo‘qlash – 3 750 nafar;

 

— o‘qish – 333 nafar;

 

— xizmat yuzasidan – 307 nafar;

 

— davolanish – 28 nafar.

 

Avvalroq, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida qancha O‘zbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida Italiyaga safar qilganligi haqida xabar berilgan edi.