Xabaringiz bor, ayni damda Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish jarayoni davom etmoqda.
Quyida yangilangan ‘‘Pedagog’’ platformasi orqali Malaka toifasining ‘‘Navbatdan tashqari’’ turi uchun murojaat yuborish bo’yicha qo’llanma keltirilgan.
Avvalroq, mazkur platforma orqali toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborish boʻyicha qo‘llanma ham joylangan edi.
Diqqat: Avval Shaxsiy hamda Diplom ma’lumotlarini tekshirish hamda yangilash zarur!!!
Agarda Diplom ma’lumotlari ko‘rinmasa OTFIV ning Diplom.edu.uz yoki “Nostrifikatsiya” tizimlardan tasdiqlash talab etiladi.




