Maktabgacha ta’limda navbatga qo‘yishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Maktabgacha ta’limda navbatga qo‘yishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Unga ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:

 

— I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

 

— Ko‘p bolali oilalarning bolalari;

 

— Yetim yoki ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalar;

 

— Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning bolalari;

 

— “Ijtimoiy himoya yagona reestri” va “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalar bolalari;

 

— “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari;

 

— Shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylar, ichki ishlar va bojxona xodimlari bolalari;

 

— Talabalar va pedagoglarning bolalari;

 

— Aka-opa-singillari shu MTTda tarbiyalanayotgan bolalar;

 

— Ixtisoslashtirilgan MTTdan sog‘ayib, umumiy turdagi MTTga o‘tkazilayotgan bolalar.

 

Muhim: Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat MTTlarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi. Bunda joylashtirish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlari yoki bolaning qonuniy vakillari orqali bevosita amalga oshiriladi.

 

Mazkur imtiyozlar ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni birinchi navbatda qamrab olish, oila sharoiti og‘ir bo‘lgan farzandlar uchun teng imkon yaratish hamda davlat qo‘llovini aniq ehtiyojmand toifalarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan.