Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6,7 ming nafarga yoki 19,3 % ga kamaygan.
Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
— Rossiya – 6 235 nafar;
— Tojikiston – 5 943 nafar;
— Qirgʻiz R. – 4 219 nafar;
— Koreya – 3 410 nafar;
— Turkiya – 2 381 nafar;
— Xitoy – 1 231 nafar;
— Qozogʻiston – 1 074 nafar;
— Buyuk Britaniya – 870 nafar;
— Germaniya – 384 nafar;
— AQSH – 333 nafar.
Shuningdek, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida 37,2 ming nafar xorijiy fuqaro o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 54,3 foizga oshgan.
Mamlakatlar kesimida tahlil qilinganda, joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijiy fuqarolar orasida Hindiston yetakchi o‘rinni egallagan — 16,3 ming nafar. Bu umumiy ko‘rsatkichning salmoqli qismini tashkil etadi.
