Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 317-IDUM 11-“A” sinf o‘quvchisi Shermatov Sarvarbek AQShning Ogayo shtatidagi Sinsinnati shahrida joylashgan University of Cincinnati universitetiga muddatdan oldin o’qishga qabul qilindi.
Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 7 ball natijani qayd etgan hamda akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonlaridan 1310 ballik natijaga ega.
U SAT imtihon qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija ko‘rsatgan:
— Reading and Writing — 600;
— Math — 710.
IELTS imtihonidan esa:
— Listening 8.5;
— Reading 7.0;
— Writing 6,5;
— Speaking 6.5.
Ma’lumot uchun, University of Cincinnati — bu Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ommaviy davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim (co-op) dasturlari bilan mashhur hisoblanadi.
Avvalroq, Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Samandar Numonov AQShning TOP-30 Liberal Arts Colleges qatoriga kiruvchi Lafayette College universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.
