Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 1-sinf oʻquvchilariga koʻshimcha taʼtil belgilanishi nazarda tutilgan.
Nizomga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi. Taʼtil muddati har bir maktabning oʻz pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi.
Maʼlumot uchun, maktablarda oʻquv yili 2025-yilning 2-sentyabr kunidan boshlangan va 2026-yilning 25-may kuniga qadar davom etadi. Bunda oʻquv yili davomiyligi 1-sinflar uchun 33 haftani tashkil etadi.
