Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi” a’zolari huzurida tashkil etiladigan ‘‘UZTreners community’’ ga a’zo bo‘lish uchun tanlov tashkil etildi.
Mazkur tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
➖ Ro‘yxatdan o‘tish,
➖ Suhbat,
➖ Maxsus topshiriq.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar xorijiy eksportlar ishtirokida tashkil etiladigan mashgʻulotlarda oʻz bilimlarini kengaytiradi.
Fanlar kesimida yuqori salohiyat va tashabbus koʻrsatgan community aʼzolari fan olimpiadalar markazining “Fan kengashi” ga aʼzo boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi.
Fan kengashida alohida natija koʻrsatgan aʼzolar esa xalqaro olimpiadalarda terma jamoa tarkibida rahbar yoki rahbar oʻrinbosari sifatida ishtirok etadi.
‘‘UZTreners community’’ aʼzolari metodik qoʻllanmalar yaratishda ishtirok etadi. Intensiv oʻquv mashgʻulotlariga trener sifatida jalb etiladi. Olimpiada topshiriqlarini tuzish va tartiblash ishlarida faol qatnashadi. Bajarilgan ish uchun belgilangan miqdorda pul toʻlanadi.
Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar dastlab joriy yilning 10-fevral kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari kerak bo‘ladi.
