2026-yilda kasbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2026-yilda kasbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Prezident qaroriga ko‘ra, texnikumlar shaklan ham, mazmunan ham yangilanadi. 2026-yil davomida kasbiy ta’limda quyidagi muhim o‘zgarishlar rejalashtirilgan:

 

Texnikumlar infratuzilmasi

 

Jami 102 ta texnikum yangilanadi:

 

– 26 tasi rekonstruksiya qilinadi;

 

– 76 tasi mukammal ta’mirlanadi.

 

7 ta ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

 

Ta’lim mazmuni

 

– 60 ta kasbiy ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida yangilanadi;

 

– 80 ta texnikumda xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi;

 

– Ushbu dasturlar orqali 8 000 nafar kadr tayyorlanadi.

 

Pedagoglar va rahbarlar

 

  • Malaka toifasi yoki sertifikatga ega pedagoglar ulushi 38,5 foizga yetadi;
  • 9 200 nafar pedagog, 690 nafar rahbar xodim malaka oshiradi;
  • 300 nafar pedagog xorijda malaka oshiradi;
  • Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 150 nafar pedagog xorijga yuboriladi.

 

Xalqaro tajriba

 

  • Kasbiy ta’lim muassasalariga 100 nafar xorijiy “til egalari” jalb etiladi;

 

  • Kredit-modul tizimi joriy etilgan muassasalar ulushi 40 foizga yetadi.

 

Dual ta’lim

 

  • Dual ta’lim ulushi 20 foizga yetkaziladi;
  • 20 nafar mutaxassis dual ta’lim rivojlangan davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
  • Dual ta’limda o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun stipendiya to‘lash platformasi ishga tushiriladi.

 

Qamrov

 

  • 9-sinf bitiruvchilarini kasbiy ta’lim bilan qamrab olish 34 foizga yetadi.

 

Xulosa qilib aytganda, 2026-yil kasbiy ta’lim uchun sifat, xalqaro tajriba va amaliyotga yo‘naltirilgan yil bo‘lishi kutilmoqda.