Talabalarga 1 stavka asosida ishlashga ruxsat beriladimi?

Talabalarga 1 stavka asosida ishlashga ruxsat beriladimi?

Talabalarning ishlashiga hech qanday cheklov yo‘q, hatto ular (oʻqishiga xalal bermagan holda) to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkin. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qilgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida Oliy taʼlim muassasasining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

 

Ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Ushbu qoida oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi talabalari uchun ham, sirtqi ta’limda tahsil olayotganlar uchun ham birdek amal qiladi.

 

Boshqa tashkilotlarda esa talabalar diplomlariga asosan yoki malaka talab qilinmaydigan ishlarda ishlasa bo‘ladi.