Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 94 nafar O‘zbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida Italiyaga safar qilgan.
Statistikaga ko‘ra, umumiy 2 525 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Italiyaga safar qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 517 nafarga yoki 25,7 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
– sayohat – 2 008 nafar;
– qarindoshlarni yoʻqlash – 332 nafar;
– oʻqish – 94 nafar;
– xizmat yuzasidan – 80 nafar;
– davolanish – 11 nafar.
Avvalroq, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 33 287 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
