Navoiy viloyati Nurota tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Muxtorova Gulasal Abdushukur qizi xalqaro IELTS imtihonida 8.0 ball natijani qayd etdi.
IELTS 8.0 (C1)
Listening – 9.0
Reading – 8.5
Writing – 7.0
Speaking – 7.0
Avvalroq, Navoiy viloyati Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-IATIDUMning 11-sinf o‘quvchisi Sevara Abdurashidova xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishganligi haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Yandillayev Ibrohim Bahodirovich xalqaro SAT imtihonida ishtirok etib, 1590 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.
