Sirdaryolik o‘quvchi nufuzli universitetga 1 yillik grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Sirdaryolik o‘quvchi nufuzli universitetga 1 yillik grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sevara Turdiyeva dunyoda 44-o‘rinda turuvchi ‘‘The Hong Kong University of Science and Technology’’ (HKUST) universitetiga talabalikka qabul qilindi.

 

U dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan HKUST’ga 28,000 AQSH dollari miqdoridagi 1 yillik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun, Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti (HKUST) — Gonkongda joylashgan davlat universitetidir. 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u hududda universitet maqomi berilgan uchinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. U QS World University Rankings 2026 reytingida 44-o‘rin, Osiyo miqyosida 6-o‘rin, Gonkong bo‘yicha esa 2-o‘rinni egallagan.

 

Avvalroq, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdubannonov Abdurashid Abdulhakimovich nufuzli ‘‘City University of Hong Kong’’ (TOP–63) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.