Farg‘onada yana bir o‘quvchi bir necha fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Farg‘onada yana bir o‘quvchi bir necha fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Farg‘ona viloyati So‘x tumani 21-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Isojonov Farruxjon Suhrobjon o‘g‘li bir necha fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Natijalar:

 

Matematika – 69.32 ball (A)

 

Tarix – 52.67 ball (C+)

 

CEFR B2

 

Avvalroq, buxorolik 11-sinf o‘quvchisi IELTS 8.0 va yuqori darajali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.