Menejerlik sertifikatini ololmagan maktab direktori ishdan boʻshatiladimi?

Menejerlik sertifikatini ololmagan maktab direktori ishdan boʻshatiladimi?

Menejerlik sertifikatini ololmagan direktor ishdan boʻshatiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga ilova “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 38-bandiga muvofiq belgilangan ballni toʻplay olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga ega.

 

Birinchi marta yakuniy sinovdan oʻta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin. Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni toʻplay olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

 

Avvalroq, “Menejerlik sertifikati yoʻqligi sababli maktab direktori oʻz oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlimi?” degan savolga javob bergan edik.