Ertaga yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi

Ertaga yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yilning 6-yanvar kunidan boshlanadi va 1-martga qadar davom etadi.

 

Murojaatlarni:

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz  (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

 

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali;

 

– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi.

 

Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.

 

Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

 

Avvalroq, bahorgi pedagoglar attestatsiyasi sinovlari spetsifikatsiyasi hamda ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.