Abituriyentlar uchun OTMga kirishda maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlar ro‘yxati

Abituriyentlar uchun OTMga kirishda maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlar ro‘yxati

Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro sertifikatlar muhim ahamiyatga ega. Ular orqali abituriyent chet tili fanidan qo‘shimcha imtihon topshirmasdan maksimal ballni qo‘lga kiritishi mumkin.

 

Qaysi sertifikatlar tan olinadi?

 

Hukumat qaroriga muvofiq, quyidagi xalqaro va milliy sertifikatlar tan olinadi:

 

– IELTS — faqat Academic turda bo‘lishi shart;

 

– TOEFL iBT;

 

– Cambridge English (FCE, CAE va boshqalar);

 

– CEFR (milliy sertifikat);

 

– TestDaF, DSH (nemis tili uchun);

 

– TOPIK (koreys tili uchun) va boshqa xalqaro hujjatlar.

 

Hukumat qaroriga binoan, Linguaskill, JLPT, DELF, TCF — endilikda hisobga olinmaydi.

 

Maksimal ball olish shartlari qanday?

 

  • Agar abituriyentning B2 darajadagi sertifikati bo‘lsa, u chet tili fanidan maksimal ballni qo‘lga kiritadi.
  • Sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lishi shart.
  • Sertifikat faqat rasmiy ro‘yxatda keltirilgan turlaridan biri bo‘lishi lozim.

 

Abituriyentlar uchun OTMga kirishda maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlar ro‘yxati