2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.
Joriy yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish 9-yanvargacha bo‘lib o‘tadi. To‘lovlar esa 10-yanvargacha davom etadi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.

