Joriy yilgi Toshkent shahri bitiruvchilari test sinovlarida qanday natija ko‘rsatishdi - Ta’lim xabarlari
Joriy yilgi Toshkent shahri bitiruvchilari test sinovlarida qanday natija ko‘rsatishdi

Joriy yilgi Toshkent shahri bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, quyidagi reyting tuzildi.

 

O‘rtacha ballar bo‘yicha Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumani bitiruvchilari boshqalardan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega. Yangihayot tumani esa nisbatan past ball bilan so‘nggi o‘rnida.

 

1. Mirobod tumani — 91,182 ball

2. Mirzo Ulug‘bek — 91,16 ball

3. Yunusobod tumani — 89,473 ball

4. Yakkasaroy tumani — 87,109 ball

5. Chilonzor tumani — 85,167 ball

6. Olmazor tumani — 84,795 ball

7. Shayxontohur tumani — 84,607 ball

8. Sirg‘ali tumani — 82,739 ball

9. Yashnobod tumani — 82,438 ball

10. Bektemir tumani — 82,042 ball

11. Uchtepa tumani — 80,196 ball

12. Yangihayot tumani — 76,776 ball

 

Erkaklar va ayollarning o‘rtacha ballari natijalariga ko‘ra, barcha tumanlarda ayollarning natijalari erkaklarnikidan yuqori.

 

1. Bektemir tumani — erkaklar: 78,78 ball, ayollar: 85,224 ball

2. Yangihayot tumani — erkaklar: 71,104 ball, ayollar: 81,368 ball

3. Yakkasaroy tumani — erkaklar: 76,835 ball, ayollar: 95,728 ball

4. Mirobod tumani —erkaklar: 91,057 ball, ayollar: 91,359 ball

5. Sirg‘ali tumani — erkaklar: 76,6 ball, ayollar: 87,547 ball

6. Yashnobod tumani — erkaklar: 77,883 ball, ayollar: 86,869 ball

7. Uchtepa tumani — erkaklar: 73,534 ball,ayollar: 85,987 ball

8. Shayxontohur tumani — erkaklar: 77,97 ball, ayollar: 89,862 ball

9. Mirzo Ulug‘bek tumani — erkaklar: 85,821 ball, ayollar: 96,647 ball

10. Olmazor tumani — erkaklar: 81,005 ball, ayollar: 88,638 ball

11. Chilonzor tumani — Yunusobod erkaklar: 81,098 ball, ayollar: 89,175 ball

12. Yunusobod tumani — erkaklar: 86,705 ball, ayollar: 92,411 ball.

 

Majburiy fanlarni ishlash bo‘yicha reyting: (to‘g‘ri ishlangan savollar foiz ko‘rsatkichida)

 

1. Mirobod tumani — 53,023 foiz

2. Mirzo Ulug‘bek tumani — 50,669 foiz

3. Yunusobod tumani — 49,37 foiz

4. Bektemir tumani — 49,224 foiz

5. Chilonzor tumani — 47,058 foiz

6. Yakkasaroy tumani — 46,789 foiz

7. Yashnobod tumani — 46,785 foiz

8. Olmazor tumani — 46,272 foiz

9. Sirg‘ali tumani — 46,055 foiz

10. Shayxontohur tumani — 45 foiz

11. Uchtepa tumani — 44,59 foiz

12. Yangihayot tumani — 43,803 foiz

 

Joriy yilgi bitiruvchilarining o‘rtacha balli bo‘yicha Toshkent shahridagi Top 10 ta’lim muassasalari reytingi:

 

Reytingda Temurbeklar maktabi yetakchi bo‘lsa, top o‘nlikni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi va Nodavlat ta’lim muassasasi yopib beradi. Ta’kidlash joizki, reytingda 4 ta akademik litsey joy olgan.

 

1. Temurbeklar maktabi — 152,29 ball

2. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi — 149,37 ball

3. Toshkent shahridagi xalqaro Vestminister universiteti akademik litseyi — 141,61 ball

4. Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi — 131,19 ball

5. Toshkent davlar yuridik Universiteti qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyi — 126,96 ball

6. Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — 123,09 ball

7. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi — 120.02 ball

8. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — 118,49 ball

9. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi — 117.76 ball

10. Nodavlat ta’lim tashkiloti — 117,59 ball

 

Natijalari qiymatlanmagan joriy yil bitiruvchilari jami 2711 tani tashkil etib, bu borada Shayxontohur tumani bitiruvchilari yomonroq natijaga ega.

 

1. Shayxontohur tumani 421 ta

2. Yunusobod —361 ta

3. Olmazor tumani — 328 ta

4. Chilonzor — 298 ta

5. Mirzo Ulug‘bek tumani — 288 ta

6. Uchtepa tumani — 242 ta

7. Yashnobod tumani — 210 ta

8. Sirg‘ali tumani — 172 ta

9. Mirobod tumani — 147 ta

10. Yakkasaroy tumani — 94 ta

11. Bektemir tumani — 75 ta

12. Yangihayot tumani —75 ta

 

Yana bir qo‘shimcha, test sinovidan chetlatilgan bitiruvchilar Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida bittadan kuzatilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры