Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov Doniyor o‘g‘li dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Mohammed Bin Zayed University of Artificial Intelligence universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
MBZUAI — dunyoda sun’iy intellektga ixtisoslashgan birinchi universitet bo‘lib, QS xalqaro reytingiga ko‘ra AI yo‘nalishida dunyoning TOP-10 universitetlari safidan joy olgan.
— yiliga 45 000 AQSh dollari
— 4 yil uchun jami 180 000 AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grant.
O‘quvchining yutuqlari:
– IELTS — 7 ball;
– AMC (Amerika matematika olimpiadasi) — milliy bosqich oltin medal;
– SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi) — milliy bosqich oltin medal;
– V2E nomli sun’iy intellekt loyihasi asoschisi.
Avvalroq, Samarqandda TOP-44 o‘rindagi universitetga to‘liq grant bilan qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
