Kimlar beshtagacha yo‘nalish tanlay olmaydi?

27-iyuldan boshlab imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni tanlov bosqichi boshlandi. Abituriyentlar 15 kun davomida imtihon topshirgan fan majmuasidan kelib chiqib, yo‘nalish hamda OTMlarni tanlaydi.

 

Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud. Abituriyentlar istalgan 5 ta OTM hamda 5 ta yo‘nalish tanlash mumkin. Shuningdek, bitta OTMda 5 xil yo‘nalish tanlasa ham bo‘ladi.

 

Eslatma! 5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak. Bunda 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta asosiy fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

 

 

Tanlovda ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.

 

 

Ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli. Chunki ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarning har biriga alohida alohida iqtidor talab etilganligi uchun, turli yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydi. Ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlar bitta yo’nalish doirasida 5 tagacha oliygohni tanlashi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры