Tibbiyot OTMlarida klinik ordinaturaga qabul 20-avgustgacha davom etadi. Jarayon haqida nimalarni bilishimiz kerak? - Ta’lim xabarlari
Tibbiyot OTMlarida klinik ordinaturaga qabul 20-avgustgacha davom etadi. Jarayon haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan: tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari; Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi; respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari; ilmiy-tadqiqot institutlarida 2024-2025-oʼquv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

 

Hujjatga koʼra, 2024-2025-oʼquv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida roʼyxatdan oʼtish jarayoni bevosita va onlayn tarzda – tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi.

 

Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilish ommaviy axborot vositalarida tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) boʼlib oʼtadi.

 

Klinik ordinaturaga oʼqishga kirish uchun talabgorlar tibbiyot oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy markaz davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

klinik ordinatura mutaxassisligi koʼrsatilgan holda, oliy taʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan ilmiy markazi, ilmiy-tadqiqot instituti) rektori (direktori) va nodavlat tibbiyot muassasasi rahbari nomiga ariza;

oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi hujjat (yoki diplomdan koʼchirma — Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʼyicha oʼqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʼqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat.

 

Shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan “2024-2025-oʼquv yilida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari kesimida klinik ordinatura (rezidentura)ga umumiy va maqsadli qabul rejasi” tasdiqlandi.

 

Quyidagi havolada umumiy va maqsadli qabul rejasi boʼyicha maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

 

Ordinatura uchun maqsadli qabul

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры