Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat erta chiqishi mumkinmi?

Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat erta chiqishi mumkinmi?

Mehnat kodeksining 187-moddasiga koʻra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

 

Lekin, ertaga 31-dekabr – bayram kuni emas, balki bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kuni. Shu sababli, bugun barcha xodimlar odatdagi grafik boʻyicha ishlaydi.

 

Xabaringiz bor, Prezident farmoniga ko’ra, Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi.

 

2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;

 

2026-yilda:

 

– barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):  2-yanvar – juma;

 

– olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.

 

Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo’ladi:

 

31-dekabr (chorshanba);

 

1-yanvar (payshanba);

 

2-yanvar (juma);

 

3-yanvar (shanba);

 

4-yanvar (yakshanba).