Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ruxshona Ashurova tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha zarur bo‘lgan fanlardan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi.
Erishilgan natijalar:
O‘zbek tili va adabiyoti — 67.24 ball (A)
Tarix — 61.94 ball (B+)
Matematika — 50.78 ball (C+)
Ingliz tili — IELTS 8.0 (C1)
Listening – 8.5
Reading – 8.5
Writing – 7.5
Speaking – 7.0
Avvalroq, navoiylik o‘quvchi muddatidan avval 189 ballni naqd qilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
