Xususiy oliygohda o‘qiydigan chet ellik talabalar o‘qishini davlat OTMiga ko‘chira oladimi?

Xususiy oliygohda o‘qiydigan chet ellik talabalar o‘qishini davlat OTMiga ko‘chira oladimi?

Ha, ko‘chirish mumkin.

 

Xorijiy fuqarolarning o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish (yoki qayta tiklash) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 

1.  Suhbat asosida: Talaba maxsus imtihon emas, balki suhbatdan o‘tishi kifoya;

 

2. Rektor buyrug‘i: Ko‘chirish jarayoni qabul qiluvchi OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi;

 

3. Kontrakt miqdori: To‘lov-kontrakt miqdorlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq (xorijiy fuqarolar uchun belgilangan stavkalarda) belgilanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bu tartib xususiy va xorijiy oliygohlarning barchasiga birdek tegishli.

 

Avvalroq, qanday holatlarda o‘qishini ko‘chirish haqidagi arizaga rad javobi berilishi haqida xabar bergan edik.