Taʼtil vaqtida o‘quvchilarning nazoratiga ota-onasi javob beradi

Taʼtil vaqtida o‘quvchilarning nazoratiga ota-onasi javob beradi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yilning 27-iyun kuni 190-son bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yoʻriqnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga muvofiq, taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

 

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak, bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

 

Ya’ni ta’til vaqtida bolalarning xavfsizligi va nazorati to‘liq ota-onalar zimmasiga tushadi.

 

Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

 

Avvalroq, ta’til munosabati bilan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarga murojaat yuborgan edi.