10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

Buxoro shahridagi 35-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Shahina Rahmatova 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Sertifikatlar natijasi quyidagicha:

 

Biologiya — A daraja, 93 ball;

 

Kimyo — A+ daraja, 63 ball;

 

Matematika — C+ daraja, 11 ball;

 

Ona tili fanidan — B+ daraja, 11 ball;

 

Tarix fanidan — B daraja, 11 ball.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

 

Avvalroq, Buxoro viloyati Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 11-sinf o‘quvchisi G‘ulomova Nigora 5ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan edi.