Farg‘onalik o‘quvchi AQShning nufuzli universitetlaridan biriga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Farg‘onalik o‘quvchi AQShning nufuzli universitetlaridan biriga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Samandar Numonov AQShning TOP-30 Liberal Arts Colleges qatoriga kiruvchi Lafayette College universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

 

Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS 7 ballik natijani qo‘lga kiritgan.

 

Avvalroq, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi AQShning nufuzli Garvard universitetiga Integrative Biology (integratsiyalashgan biologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik. U yutgan grantning umumiy miqdori 392 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Shuningdek, Talimxabarlari.uz sayti jurnalisti IELTS dan 9.0 ball olgan o’zbek qizi Nozima Qadamova bilan suhbat o‘tkazgan edi.