Xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi - Ta’lim xabarlari
Xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

 

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры