Agentlik tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Pardayev Mirjalol Sherzod o‘g‘li nufuzli ‘‘Hong Kong University of Science and Technology’’ (TOP–44) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
O‘quvchi akademik tayyorgarligi va xalqaro baholash natijalari:
IELTS — 8 ball
SAT — 1450 ball
AS Level — AAA
Avvalroq, farg‘onalik Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Gongkongdagi nufuzli ‘‘City University of Hong Kong’’ (TOP–63) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
