Prezident Farmoni bilan Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga o‘tkazildi.
Quyidagilar Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatining qo‘shimcha yo‘nalishlari sifatida belgilandi:
– inklyuziv va maxsus ta’lim, gerontologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, adaptiv sport, hayot faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish, oilalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash;
– inklyuziv va maxsus ta’lim hamda adaptiv sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– inklyuziv va maxsus ta’lim, gerontologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika hamda adaptiv sport yo‘nalishlarida tadqiqotlar o‘tkazish;
– inklyuziv va maxsus ta’lim, gerontologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika va adaptiv sport yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha standartlarni ekspertizadan o‘tkazish.
