Farg‘onalik 11-sinf o‘quvchisi Gongkongdagi nufuzli universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

Farg‘onalik 11-sinf o‘quvchisi Gongkongdagi nufuzli universitetga to‘liq grant asosida qabul qilindi

Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Abdubannonov Abdurashid Abdulhakimovich nufuzli ‘‘City University of Hong Kong’’ (TOP–63) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.

 

O‘quvchi akademik tayyorgarligi va xalqaro baholash natijalari:

 

IELTS — 7,5 ball;

 

SAT — 1510 ball;

 

AS Level — AAA.

 

Shuningdek, u quyidagi muhim yutuqlarga ega:

 

  • ELO Xalqaro Ingliz Tili Olimpiadasi — respublika bosqichida 1-o‘rin, Iordaniyada xalqaro finalist;

 

  • IRN Matematika va Ingliz Tili Olimpiadasi — respublika bosqichida 1-o‘rin, Dubayga sayohat sovrindori;

 

  • International English Hippo Olympiad — respublika bosqichida 1-o‘rin, xalqaro yarim-finalist;

 

  • Up Next Scientists Visual Research — Honorable Mention, ilmiy tadqiqot loyihasi rasmiy veb-saytda chop etilgan;

 

  • Shubho Winter Research Internship — Healthcare & Environment yo‘nalishida amaliyot bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.

 

Avvalroq, Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etgan edi.